Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan 2025 yil davomida ijro intizomi holati yuzasidan qilingan ishlarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvar Aliyev quyidagilarni ma’lum qildi:
– “O‘zarxiv” agentligida ijro intizomini tashkil etish, Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha mas’uliyatni oshirish, nazorat va hisobdorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, texnologik zanjirga asoslangan ishlar tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo‘ysunuvida Ijro nazorati va ish yuritish bo‘limi tashkil etilgan. Ijro intizomiga mas’ul tuzilma xodimlarining muntazam malakasini oshirib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga 2025 yilda 1 dekabr holatiga Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan bajarilishi lozim bo‘lgan jami 79 ta topshiriqlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 49 tasida agentlik asosiy ijrochi, 30 tasida qo‘shimcha ijrochi sifatida belgilangan. Mazkur topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli bajarildi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida ijro intizomi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar “O‘zarxiv” agentligining veb-sahifalariga joylashtirib borilmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA