O‘zaro teng manfaatli hamkorlik
Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Tataristonning “Tatlift” kompaniyasi bosh direktori Gulshat Zagudulina boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Uchrashuvda “Tatlift” kompaniyasi Buxoroda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan yangi loyiha taqdimotini o‘tkazdi.
Ayni kunda Buxoroda boshlangan va jadal davom etayotgan ko‘p qavatli uy-joylar, savdo va ishlab chiqarish ob’ektlari qurilishi jarayonida zamonaviy, har jihatdan qulay va sifatli liftlarga ehtiyoj ortib bormoqda. O‘zaro teng manfaatli hamkorlikda Buxoroda lift ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Buning uchun hududda zarur infratuzilma mavjudligi alohida qayd etildi.



Tashrif doirasida “Tatlift” kompaniyasi vakillari “Buxoro sanoatni rivojlantirish parki” maxsus sanoat zonasida investorlarga yaratilgan shart-sharoit, imkoniyat va imtiyozlar bilan tanishdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.