Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zaro tajriba almashildi
15:10 / 2024-06-15

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, bugungi kunda tibbiyot sohasida ham ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining sa’y-harakatlari natijasida soha mutaxassislari xorijning yetakchi klinikalari bilan imzolangan memorandum, hamkorlik shartnomalari asosida malaka oshirish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Jumladan, RSHTYOIM Navoiy filiali va Rossiya Federatsiyasi Tyumen 2-son viloyat klinik shifoxonasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, filial travmatologlari mazkur klinikada o‘zaro tajriba almashdi.  

Tajriba almashish jarayonida navoiylik shifokorlar mazkur klinikaning qabul diagnostika bo‘limidagi bemorlar ahvolini baholash va saralash tizimi hamda travmatologiya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Filial mutaxassislari ilmiy yo‘nalishdagi faoliyatlarini mustahkamlash maqsadida Tyumen davlat tibbiyot universiteti bilan tuzilgan memorandumga asosan universitetning “Tashqi kommunikatsiya va xalqaro aloqalar direksiyasi”da ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, ular Yekaterinburg shahrida “Chanoq suyaklarida bajariladigan yuqori texnologiyali murakkab jarrohlik amaliyotlar”ni chuqurlashtirish maqsadida Kadaver kurslarida ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, filial mutaxassislarining o‘zlashtirgan amaliy ko‘nikmalari yurtimizda aholi salomatligini saqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri