French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zaro ishonch va strategik manfaatlar asosida shakllanayotgan O‘zbekiston – Pokiston munosabatlari (+video)
15:18 / 2026-02-05

So‘nggi yillarda Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lab turuvchi muhim sheriklar – O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu davlatga navbatdagi tashrifi esa mamlakatlarimiz do‘stligini yanada mustahkamlab, hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishi kutilyapti.

Bugungi suhbatdoshimiz – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘qituvchisi, urdu tili bo‘yicha mutaxassis Shohjahon Sa’dullayev. Ekspert bilan muloqotimiz Pokistonning mintaqadagi o‘rni, siyosiy va iqtisodiy salohiyati, shuningdek o‘zaro aloqalarning joriy holati mavzusidan boshlandi.

Shuningdek, Sh.Sa’dullayev munosabatlarning so‘nggi yillardagi rivoji, xususan ta’lim, madaniyat, turizm va yoshlar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan qo‘shma tashabbuslar orqali hamkorlik ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlariga ham to‘xtaldi.

Suhbatning to‘liq shakli O‘zAning “Youtube” sahifasida.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qtME8VjkKsY" title="O‘zaro ishonch va strategik manfaatlar asosida shakllanayotgan O‘zbekiston – Pokiston munosabatlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

F.Yaxshiboyeva, 

I.Ismatov (videomuhandis), O‘zA