Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
15:10 / 2025-10-13

Guliston davlat pedagogika hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

 Bu ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqot sohalarida tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi bilan ham katta ahamiyat kasb etdi.

Memorandum doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy anjumanlar, seminar va mahorat darslarini tashkil etish, pedagogika, psixologiya va metodika yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy maqolalar tayyorlash rejalashtirilgan. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali tajriba va ilmiy g‘oyalar samarali ayirboshlanishi ko‘zda tutilgan.

– Bu hamkorlik nafaqat ilmiy salohiyatni oshirishga, balki ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish uchun xizmat qiladi. Biz Nukus davlat pedagogika instituti bilan birgalikda qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy-amaliy loyihalar hamda o‘quv dasturlarini takomillashtirishni maqsad qilganmiz, – dedi Guliston davlat pedagogika instituti prorektori Hilola Mamatova. – Shu orqali talabalarning ilmiy faolligini rag‘batlantirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish imkoniyati yaratiladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy va ma’naviy aloqalarni mustahkamlab, pedagog kadrlar tayyorlashda sifatli, zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Sirdaryo va Qoraqalpog‘iston hududlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri