English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zaro hamkorlik aloqalari yanada kengaytiriladi
20:29 / 2021-12-10

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov hamda Xalqaro valyuta fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ron van Roden ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda so‘nggi 5 yil davomida O‘zbekistonda olib borilgan islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida so‘z bordi.

Muhokama chog‘ida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xususiylashtirish, bojxona islohotlari, YAIMning o‘sishi, biznes muhitini yaxshilash, aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kichik va o‘rta tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, unda xususiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi va izchilligini ta’minlash hamda O‘zbekiston iqtisodiyotiga muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.

Tomonlar iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari, transformatsiya jarayonlari, inflatsiya darajasini pasaytirish, aholining yashash darajasini oshirish, energetika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorliklar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga kelishib oldi.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi.