French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zaro hamkorlik aloqalari yanada kengayadi
17:31 / 2022-11-29

Surxondaryo viloyati va Rossiya Federatsiyasi hududlari bilan tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, hududning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish, investitsiya va turizmga oid taqdimotlar o‘tkazish uchun ushbu mamlakatga jo‘nab ketgan viloyat hokimi To‘ra Bobolov Qozon shahrida Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.

Bu haqda Rossiya Federatsiyasidan O‘zAga xabar qilgan viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv doirasida kengaytirilgan tarzda muzokaralar o‘tkazilib, Tatariston Respublikasi va Surxondaryo viloyati o‘rtasida tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etilgan.

Muzokaralar chog‘ida Tatariston va Surxondaryo viloyati korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, tovar va xizmatlarni yetkazib berishni kengaytirish hamda gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Rustam Minnixanov Tatariston Surxondaryo viloyati bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini, so‘nggi yillarda o‘zbekistonliklar bilan aloqalar faol rivojlanib, o‘tgan yilgi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 200 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi yarmida mazkur ko‘rsatkich 34 foizga o‘sganini ta’kidlagan.

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Qozon shahriga safari chog‘ida Tatariston Respublikasining savdo-sanoat palatasida ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligida mas’ullar bilan muzokaralar o‘tkazish, Tataristonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tadigan Yagona taqdimot markazi, yuqori texnologiyalar sohasidagi texnopark – ITpark, shuningdek, Qozon federal universiteti bilan yaqindan tanishish ham rejalashtirilgan.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri