French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
14:16 / 2026-03-03

Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, talabalarning ko‘proq xorijiy til o‘rganishi orqali kasb bozorida muhim mutaxassis sifatida shakllantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu maqsadda qator xalqaro hamkorliklar yo‘lga qo‘yilayotgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.

Ana shunday hamkorliklarning mantiqiy davomi o‘laroq, A.Avloniy nomidagi institut va O‘zbekistondagi Gyote instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, O‘zbekistonda nemis tilini o‘qitish sifatini yangilash hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan memorandumda nemis tili bo‘yicha KRK hamda KRS tadbirlari uchun o‘quv-metodik va didaktik materiallar ishlab chiqish, hududiy pedagogik mahorat markazlarining mutaxassislari uchun Gyote institutining malakali trenerlarini jalb qilgan holda seminar-treninglar tashkil etish, o‘qituvchilarning metodik ehtiyojlarini aniqlash va refleksiv tahlil asosida kasbiy rivojlanish mexanizmlarini joriy etish, nemis tili metodistlarining Germaniyada tashkil etiladigan til kurslari va xalqaro stipendiya dasturlarida ishtirokini qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Ta’kidlanishicha, mazkur kelishuv pedagog kadrlarning professional rivojlanishini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.

Sherbek Islomov, O‘zA