Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga hujum qilindi
4 avgust kuni Ozarbayjonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi radikal diniy guruh hujumiga uchradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, shaxsi noma’lum bir necha kishi elchixonaga bostirib kirib, bino ayvonida diniy bayroqlarni ochib, radikal shiorlarni aytgan. Mahalliy politsiya aralashuvi bilan vandalizm to‘xtatilgan va jinoyatchilar qo‘lga olingan.
Hodisa oqibatida elchixona xodimlari jabrlanmagan.
Voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
O‘zA