Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonliklar Samarqand shahar DXM faoliyatini yuqori baholadi
15:40 / 2022-10-28

Samarqandda o‘tkazilgan “ICTWEEK Uzbekistan 2022” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida ishtirok etgan Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi (ASAN Xidmet) vakillari tashrif doirasida Camarqand shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Mehmonlarga mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi va uning afzalliklari, bugungi kunda bu borada olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ozarbayjonlik mehmonlar markaz faoliyatini yuksak baholadi hamda bu yerda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifatini e’tirof etdi.

– Ozarbayjonda ham sizdagi kabi davlat xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashgan markazlar faoliyat yuritadi, – deydi Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi mas’ul xodimi A.Aliyev. — Bu borada O‘zbekiston tajribasi menda katta taassurot qoldirdi. Biz mamlakatingiz bilan aynan mazkur sohada hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Shunga binoan ko‘plab loyihalarda o‘zaro tajriba almashyapmiz. Ochig‘ini aytishim kerak, O‘zbekiston bu yo‘nalishda xorij tajribasini o‘rganib ishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, ancha ilg‘orlab ketgan. Bunga Samarqand misolida yana bir bor amin bo‘ldim.

O‘zaro muloqotlar jarayonida qulay, shaffof va sifatli xizmatni yanada rivojlantirish sohasida tajriba almashish, innovatsion yondashuvlar, xodimlar o‘rtasida malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish, hujjatlar va shaxsiy ma’lumotlarni raqamlashtirish va boshqa masalalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

G‘.HASANOV, O‘zA