Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonlik taekvondochilar - Toshkentda
14:09 / 2026-02-20

Poytaxtimizda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqasi g‘olib va sovrindorlari, barcha viloyatlardan kelgan iste’dodli taekvondochilar, O‘zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoalari, shuningdek, Ozarbayjon milliy terma jamoasi a’zolari ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi.

Aytish lozim, nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatga erishishda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining ahamiyati beqiyos.

Shu ma’noda, joriy yildan O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi turli yosh toifalaridagi terma jamoalar uchun tashkil etiladigan mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida mahoratli sportchilar orasidan terma jamoaga nomzodlarni saralash, nufuzli musobaqalarga, jumladan, Toshkent mezbonligida o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko‘rish nazarda tutilgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA