Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonlik olimga faxriy professor unvoni berildi
20:47 / 2023-04-13

Boku davlat universiteti professori, adabiyotshunos olim Ramiz Asker Andijon davlat universitetiga keldi.

Ozarbayjonlik mehmon universitet jamoasi tomonidan o‘zbekona udumlar bilan kutib olindi. Shundan so‘ng universitet filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev so‘z olib, o‘zbek adabiyotining buyuk tarixi, ulug‘ ajdodlarimizning jahon adabiyoti ravnaqiga qo‘shgan ulkan hissasi, bir necha asrlardan buyon o‘zbek va ozarbayjon adabiyoti o‘rtasida davom etib kelayotgan ijodiy hamkorlik haqida gapirdi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, professor Ramiz Asker 80 dan ortiq kitob va tarjima asarlar muallifi hisoblanadi. U o‘zbek va ozarbayjon adabiyoti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining, ikki qardosh xalq adabiyotining yaqinlashishiga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. O‘zbek adabiyoti vakillarining 15 yaqin asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Xususan, ozarbayjonlik kitobxonlar Alisher Navoiyning "Xamsa”, Z.M. Boburning “Boburnoma” asarlarini aynan Ramiz Asker tarjimasi orqali mutolaa qilish imkoniga ega bo‘lgan.

[gallery-11445]

Uchrashuvda adabiyotshunos olim Ramiz Asker Navoiyning boqiy merosi, Bobur asarlari, ularni o‘rganish va targ‘ib etish borasida Ozarbayjonda olib borilayotgan ishlar, shuningdek, o‘zining Navoiy asarlarini o‘rganish borasidagi ilmiy ishlari, asarlari, Navoiy va Bobur asarlari tarjimasi, Bobur xalqaro jamoat fondi bilan hamkorligi haqida gapirdi, universitet kutubxonasiga o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi.

Tadbirda Ramiz Asker ijodi, o‘zbek va ozarbayjon adabiyoti hamkorligi xususida fikr almashildi. O‘qituvchi va talabalarni qiziqtirgan savollarga olim batafsil javob qaytardi.

Uchrashuv so‘ngida universitet rektori Ramiz Askerga “Andijon davlat universiteti faxriy professori” unvoni taqdim etilganligi haqidagi hujjatni tantanali ravishda topshirdi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov, O‘zA