Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonlik mehmonlar Geydar Aliyev nomidagi Madaniyat markazida
22:23 / 2022-05-02

Ozarbayjon Xalqaro maqom markazi huzuridagi «Karabax» («Qorabog‘») maqom guruhi a’zolari – xalq artistlari Mansum Ibragimov va Elchin Gashimov, xizmat ko‘rsatgan artist Elnur Ahmedov va zarbchi sozanda Vusal Bayramov O‘zbekistondagi Geydar Aliyev nomli Madaniyat markazida bo‘lishdi.

Mehmonlar dastlab majmua hovlisida buyuk davlat arbobi Geydar Aliyev xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gul qo‘yishdi.

Markaz direktori Samir Abbosov hamyurtlariga 2010 yil Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning mamlakatimizga tashrifi chog‘ida ochilgan Geydar Aliyev nomli Madaniyat markazi faoliyati haqida batafsil so‘zlab berdi.

Taniqli san’atkorlar bu yerdagi Geydar Aliyev muzeyi, shuningdek Ozarbayjon davlatchiligi tarixi va O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stligi muzeylarini tomosha qilishdi. Kichik sayohat davomida ular millat yetakchisi hayoti va faoliyatining turli yillari bilan bog‘liq muhim voqealar aks etgan materiallar, turli mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar muhrlangan foto-hujjatlar, Ozarbayjonning turli davrlarga oid xaritasi, tarixiy faktlar, buyuk shaxslar haqidagi ma’lumotlardan boxabar bo‘ldilar.

O‘zA avval xabar berganidek, poytaxtimizdagi «Turkiston» san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Ozarbayjon Xalqaro maqom markazi hamkorligida tashkil etilgan «Do‘stlik ko‘prigi» katta konsert dasturi namoyish etilgan edi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA