Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonlik kinomutaxassislar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
09:12 / 2021-08-05

Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi kinematografiya bo‘limi boshlig‘i Rufat Gasanov, “Ozarbayjon film” direktori Ilkin Muxammadeli, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Baxrom Ashrafxonov bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

Tomonlar o‘rtasidagi suhbatda kino loyihalar, xalqaro tadbirlar haqida fikr almashildi. Hamkorlik, ijodiy tajriba almashish haqida gap bordi.

Muloqotda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik, yosh kinoijodkorlarning filmlarini namoyish etish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, ozarbayjonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ko-produksiya loyihalarini suratga olish rejalashtirildi.

Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar berishicha, mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikda tarixiy va zamonaviy badiiy filmlar suratga olinishi rejalashtirilgan.

 

D. Mamatova, O‘zA