Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonga sayyohlar oqimi ikki barobar oshgan
18:20 / 2022-05-18

“Trend” axborot agentligi xabar berishicha, joriy yil aprel oyida Ozarbayjon Respublikasiga 84,4 ming xorijlik tashrif buyurgan.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 84 foiz ko‘p. Bu haqda agentlik muxbiri Komron Gasimov Davlat turizm agentligi ma’lumotiga tayanib yozgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, 2022 yil yanvar-aprel oylari mobaynida Ozarbayjon jami 330 679 nafar sayyohni qabul qilgan. Bu raqam bir yil oldingi statistika (162 991 kishi)ni 103 foiz oshirdi.

2022 yil aprelda Kaspiy dengizi yoqasida joylashgan bu qardosh yurtga tashrif buyurgan xorijliklar soni bo‘yicha birinchi o‘ntalikni mos ravishda Turkiya, Rossiya, Eron, Gruziya, Ukraina, Qozog‘iston, Pokiston, Isroil, Buyuk Britaniya va Germaniya tashkil etdi.

Muharrama Pirmatova tayyorladi,

O‘zA