French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonda teatrning yangi mavsumi o‘zbek yozuvchisining asari bilan ochildi
14:05 / 2022-05-10

Ja’far Jabborli nomidagi Ozarbayjon davlat drama teatrining 140-mavsumi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib Qo‘chqor Norqobilning “Besh beva va bir boshliq” musiqali komediyasi bilan ochildi.

Asardagi hayotiy voqealarning kulgi va kuchli yumor bilan ifodalanishi yig‘ilganlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Tomoshabinlar ikki xalqning adabiy va ma’naviy aloqalari san’at sehri va kuchi bilan yanada mustahkamlanganini ta’kidladi. 

–Aminmanki, bugungi sahna asari Ozarbayjon xalqining sevimli komediyasiga aylanib qoladi. Buni tomoshabinlarning bugungi olqishlaridan ham bilsak bo‘ladi, – dedi Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Madaniyat masalalari qo‘mitasi raisi Ganira Pashayeva “AzarTV” muxbiri bilan suhbatda. 

Ma’lumot uchun, mazkur komediyani teatrning bosh rejissyori Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Sarvar Aliyev sahnalashtirgan.  Bastakor Ozarbayjon xalq artisti – Sardor Feresov. She’rlar muallifi – Rasmiya Sobir. 

Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vazirligi va Ozarbayjon davlat drama teatri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur pesa har ikki davlatning mustaqillik yillari tarixida Ozarbayjon sahnasiga olib chiqilgan ilk o‘zbek asaridir.  

 

Maftuna KARIMOVA, O‘zA