English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi
12:13 / 2023-08-01

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 1-4 avgust kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir ikki davlat rahbari oliy darajadagi uchrashuvida erishilgan kelishuv doirasida uyushtirildi.

“O‘zbekiston madaniyati kunlari” dasturidan mamlakatimiz taniqli san’atkorlari ishtirokida katta konsert, Ozarbayjon Milliy kutubxonasi binosida tashkil etilgan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” burchagi ochilishi marosimi o‘rin olgan.

Shu bilan birga, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” asarining ozarbayjon tilidagi nashri taqdimoti, milliy oshpazlik va hunarmandlik ko‘rgazmasi, teatr jamoalari spektakllari namoyish etiladi.

 

O‘zA