English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjonda “O‘zbek modeli” asosida pilla yetishtirilmoqda
13:11 / 2023-05-10

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi ko‘magida Ozarbayjonda bir necha yillardan buyon pillachilik sohasi rivojlanmoqda. Dastlabki, barpo etilgan Pillani yetishtirish va ipak mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati muvaffaqiyatli ish olib borayotgan bo‘lib, 2023 yilda ham bir nechta yangi qo‘shma loyihalar ham amalga oshirildi.

bugungi kunda Ozarbayjon Respublikasining 7 tumanida O‘zbekiston tajribasi asosida 5600 quti ipak qurti boqilmoqda.    

Hozirda parvarishlanayotgan ipak qurtlari 4 va 5 yoshda. Pilla parvarishida O‘zbekiston zotlarini Ozarbayjonda ko‘paytirish, elita urug‘lari eksportini amalga oshirish, sanoat urug‘larini hamkor davlat pillachilik tarmog‘i uchun urug‘chilik korxonalaridan yetkazib berish kabi jarayonlar amalga oshirilmoqda.    

Xususan, Ozarbayjonda “AZ SILK” MCHJ ipakchilik qlasteri tashkil kilinib, korxona pilla mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish va tut ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelmoqda.    

Hozirda mamlakatimizdan borgan mutaxassislar pilla hosilini sifatli va isrof qilmasdan terib olish taraddudida. 22 may kuni pilla qabul qilish ishlari boshlanadi. 1 avgustda Ozarbayjonda ikkinchi pillani qayta ishlash korxonasi ish boshlaydi.    

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA