Ozarbayjonda kelgusi MDH o‘yinlari masalasi muhokama qilindi
Ozarbayjonda o‘tayotgan III MDH o‘yinlari doirasida Ganja shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlarining delegatsiya rahbarlari ishtirokida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov ishtirok etdi.

Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Farid Goibov delegatsiyalarni qutlab, Ozarbayjonda sport infratuzilmasi rivoji va yirik musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

Majlisda o‘tkazilayotgan musobaqalar, seminar va uchrashuvlar haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchi davlatlarning hisobotlari tinglandi hamda kelgusi MDH o‘yinlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, III MDH o‘yinlari doirasida ishtirokchilar Haydar Aliyev haykali poyiga gullar qo‘ydi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA