Ozarbayjonda karantin uzaytirildi
Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi dushanba kuni COVID-19 sababli mamlakatda joriy qilingan maxsus karantin rejimini 2024 yil 2 aprelga qadar uzaytirdi, deya xabar bermoqda davlat OAVlari.
Tegishli buyruqni Bosh vazir Ali Asadov imzolagan.
Binobarin, ushbu davlatda 2020 yil mart oyi o‘rtalaridan boshlab koronavirus sabab kuchga kirgan cheklovning aksariyat bandlari allaqachon olib tashlangan.