Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon va YeI muzokarasi
10:22 / 2022-07-19

Prezident Ilhom Aliyev Ozarbayjon va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik bo‘yicha yangi ikki tomonlama kelishuv ustidagi ish yakuniga yetmoqda, deya bayonot berdi. Bu haqda “AzerTAJ” xabar berdi.

- Umid qilamanki, yangi ikki tomonlama kelishuv yaqin oylarda amalga oshadi, - dedi matbuot anjumanida Aliyev. - Bu o‘zaro munosabat rivojida muhim bosqich bo‘ladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI Ozarbayjonning asosiy tashqi savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Boku va Bryussel munosabati “Sharq hamkorligi” dasturi doirasida shakllangan.

- Umumiy reja bajarilishi xalqimiz farovonligi yo‘lida tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish imkonini beradi, - qo‘shimcha qilgan davlat rahbari. - Ishonchim komilki, Ozarbayjon va YeI o‘rtasidagi munosabatning kelajagi buyuk.