Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon va Armaniston navbatdagi muzokarani yakunladi
16:50 / 2025-03-14

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi loyihasi bo‘yicha muzokara yakunlandi. Bu haqda kuni kecha Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bayonot berdi. Ta’kidlanishicha, kelishuvni imzolashning asosiy sharti Armaniston Konstitutsiyasiga Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga da’vo istisno qilingan o‘zgarish kiritish edi.

Bayonotda YeXHT Minsk guruhi va mazkur uyushmaga aloqador tuzilmalarni rasman tarqatib yuborish zarurligi ham ta’kidlangan. Yakunda o‘zaro muloqotni davom ettirish va ikki davlat munosabatini me’yoriga keltirish jarayoni ustida ish olib borish istagi tasdiqlandi.

Avvalroq Armaniston TIV Bayramovning shartnoma matnidagi oxirgi ikki band bo‘yicha kelishish to‘g‘risidagi gapini ma’qullagan.

Navbatdagi muzokara nihoyasiga yetgani haqidagi axborotni jurnalistlar bilan suhbatda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishilgan oxirgi ikki band bitim kuchga kirgandan keyin yuzaga chiqadigan masalalarga tegishli: Chegara bo‘ylab uchinchi davlat qo‘shinini joylashtirmaslik va Xalqaro idoralardagi da’voni o‘zaro qaytarib olish va sanksiyani to‘xtatish.

Armanistonga nisbatan yon berish haqida so‘ralganda, hukumat boshlig‘i jarayon o‘zaro murosaga asoslangani, kelishuvda faqat bir tomonga tegishli qoida mavjud emasligini ta’kidladi. Pashinyan Ozarbayjonga Megri orqali hududiy yo‘lak berilishi mumkinligini ham izohlagan:

– Armaniston ozarbayjonliklarni o‘tkazishga tayyor. Buning sharti hujjatning oxirgi bandida belgilab qo‘yiladi.

S.Rahimov, O‘zA