Ozarbayjon TIV RF elchisiga norozilik notasini topshirdi.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Bokudagi elchisi Mixail Yevdokimovni idoraga chaqirdi. Ma’lum bo‘lishicha, unga Ukraina poytaxtiga uyushtirilgan hujum oqibatida mamlakatning Kiyevdagi elchixonasiga yetkazilgan zarar yuzasidan norozilik notasi topshirilgan.
RF tomonidan berilgan zarba diplomatiya vakolatxonasi binosining tashqi devoriga, boshqa inshootlar, jumladan xizmat transport vositalari, ma’muriy bino va konsullik bo‘limiga jiddiy zarar yetkazilgani haqida xabar berilgan.

Shuningdek, xalqaro huquq me’yori va tamoyiliga zid bunday holat birinchi marta yuz bermayotgani qayd etilgan.
- Uchrashuv chog‘ida Ozarbayjon diplomatik vakolatxonalariga hujum uyushtirilishi qabul qilib bo‘lmaydigan harakat ekani, RF tomoni hodisa bo‘yicha tegishli tekshiruv o‘tkazishi hamda batafsil tushuntirish berishi shartligi ta’kidlandi, - deyilgan Ozarbayjon TIV matbuot xizmati bayonotida.
S.Rahimov, O‘zA