Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon Rossiya madaniy tadbirlarini bekor qildi
17:03 / 2025-06-30

Kecha Rossiyaning Yekaterinburg shahrida politsiya reydlaridan so‘ng ikki ozarbayjonlik halok bo‘ldi. Bunga norozilik belgisi sifatida qardosh davlat rasmiylari RF davlat va xususiy muassasalari tomonidan rejalashtirilgan barcha madaniy tadbirlarni kechiktirdi, deb yozgan "Euronews".

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi yozishicha, konsert, ko‘rgazma, festival va tomoshalar "Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan Yekaterinburgda etnik asosda ozarbayjonliklarga qarshi maqsadli va sudsiz qotillik, zo‘ravonlik harakati" tufayli qoldirilgan.

– So‘nggi payt bunday holatlar tizimli tus oldi, – deyilgan xabarda.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi "ishni zudlik bilan tekshirish, qabul qilib bo‘lmaydigan bunday zo‘ravonlik harakati uchun javobgarlarni imkon qadar tezroq jazolash"ni talab qilmoqda.

Rossiya huquq-tartibot idoralari juma kuni Ural tog‘i etagidagi sanoat shaharchasida ozarbayjonliklar yashaydigan uyda reyd o‘tkazgan. Natijada ikki inson halok bo‘lgan, bir necha kishi og‘ir yaralangan. Amaliyot chog‘i to‘qqiz nafar ozarbayjonlik hibsga olingan.

Musulmon Ziyo, O‘zA