Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi bilan uchrashdi
12:26 / 2019-12-18

17 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Baku shahriga keldi.


17 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Baku shahriga keldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining yalpi majlisida ishtirok etmoqda.

Shu kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboeva bilan uchrashdi.

Prezident I.Aliev ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi, Prezident Shavkat Mirziyoevning Baku shahriga amalga oshirgan tashrifi va O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sammitida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirokiga urg‘u berdi. Baku shahrida oliy darajada bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralarga yuqori baho berilib, ularning amaliy ahamiyati ta’kidlandi. Uchrashuvda ozarbayjon tomoni erishilgan kelishuvlarni to‘liq tatbiq etishga tayyorligi izhor etildi.

Shuningdek, suhbat davomida ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Prezident I.Aliev O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasi tadbirlarida ishtirok etishini qutlab, bu Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi faoliyatida yana bir muhim voqea ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuvda Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining to‘qqizinchi yalpi majlisi muvaffaqiyatli o‘tishiga va unda muhim masalalar muhokama etilishiga hamda yaxshi natijalarga erishilishiga ishonch bildirildi.

Tadbir O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona va birodarlik aloqalarini yana bir bor tasdiqlashi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati