Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon o‘z sarhadida gumanitar yo‘lak ochdi
11:12 / 2026-03-02

Erondagi mojaro fonida “Astara” chegara o‘tish punkti odamlar bilan to‘ldi. Gap shundaki, Eron-Ozarbayjon chegara nuqtasida ozarbayjonlik harbiylar Eronni tark etayotganlarni suv, issiq choy, xurmo va yengil taomlar bilan kutib olmoqda. 

Chegara nazoratidan o‘tganlar keyinchalik o‘z yashash mamlakatiga yo‘l olish imkoniga ega bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chegaradan o‘tayotganlarning aksariyati vatanga qaytgan ozarbayjonliklar. Shu bilan birga, 50 nafar xorijiy fuqaro ham evakuatsiya qilingan. Ular orasida 18 nafar saudiyalik, 10 nafar qatarlik diplomat, 6 nafar BAA vakili, 1 nafar italiyalik, 4 nafar iordaniyalik, Tojikistondan 5 kishilik oila, 3 nafar bangladeshlik va 18 nafar xitoylik bor. Polsha, Hindiston, Pokiston, Nepal, Braziliya, Tunis va Fransiya fuqarolari ham ushbu yo‘lakdan foydalangan.

Eronni tark etish uchun “evakuatsiya kodi” talab etiladi, biroq barcha ham bu tartibdan xabardor emas, shu bois ayrimlar chegaraga kelib, hujjatlashtirishda muammoga duch kelmoqda.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Tehronga safar qilmaslikni tavsiya qildi va u yerda yashayotganlarni chiqib ketishga chaqirdi. Mahalliy OAV avtobuslar ajratilgani va favqulodda xizmatlar shay holatda turganini xabar qilmoqda. Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Oqim qachon to‘xtashi esa Erondagi vaziyat rivojiga bog‘liq.

Musulmon Ziyo, O‘zA