Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon mudofaa vaziri Samarqandga keldi
22:16 / 2025-10-20

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedov Ozarbayjon Respublikasi mudofaa vaziri, general-polkovnik Zakir Gasanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda dunyoda kechayotgan murakkab siyosiy va harbiy jarayonlar sharoitida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, qardosh davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash tinchlik va barqaror taraqqiyotning asosiy garovi ekanligi ta’kidlandi.

Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro aloqalarni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Samimiy ruhda o‘tgan muloqot O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda yangi qadamlar qo‘yilishiga zamin yaratishi qayd etildi.

Ozarbayjon Respublikasi mudofaa vaziri, general-polkovnik Zakir Gasanov 21 oktyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari bilan birgalikda Markaziy harbiy okrug “Kattaqo‘rg‘on” poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qirg‘iz Respublikasi mudofaa vazirliklari bo‘linmalari ishtirokida o‘tkaziladigan “Birlik – 2025” mintaqaviy o‘quv mashg‘ulotlarini ham kuzatadi.

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri