Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon kinochilari bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqadi
10:41 / 2024-07-24

Ozarbayjonda «O‘zbek kinosi kunlari» tadbirlari doirasida Ozarbayjon Madaniyat vaziri Odil Karimli hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi madaniyat sohasida olib borilgan hamkorlik ishlari e’tirof etildi. Kelgusida kino, teatr, ta’lim hamda nomoddiy madaniy meros yo‘nalishlarida ham keng qamrovli hamkorlik ishlari samarali bo‘lishiga ishonch bildirildi.

Bundan tashqari TURKSOY shafeligida suratga olinishi rejalashtirilgan «Mulla Nasriddin» badiiy filmi ssenariysiga o‘zgartirish kiritish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, «Alisher Navoiy va Fuzuliy» hamda «Maqsud Shayxzoda» badiiy filmlarini hamkorlikda suratga olish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tadbir doirasida «Bahodir Yalangto‘sh» filmining namoyishi tashkil etildi.

Tashrif doirasida shuningdek, «Nizomiy» kino markazida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Sudya», «Evrilish», «Yasha, xotin» filmlari ham tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

N.Usmonova, O‘zA