FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qatnashish uchun yana bir xorijiy kompaniyadan taklif tushdi.
Ozarbayjon Respublikasidagi yirik kompaniyalaridan biri – “AS Group Investment” MCHJ vakillari o‘z loyihalari bilan Namanganga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Ozarbayjon delegatsiyasini qabul qildi.
[gallery-16237]
Dastlab viloyat rahbari mehmonlarni keyingi yillarda yurtimizda, xususan, viloyatda olib borilayotgan islohotlar, bunyodkorlik jarayoni bilan tanishtirdi. Ozarbayjon ishbilarmonlari o‘z navbatida – “AS Group Investment” kompaniyasi haqida batafsil ma’lumot berib, hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar hamda ko‘p qavatli turar joylar qurish, yo‘l infratuzilmasi va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni taqdim etdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA