French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon gulchilari Namanganda
18:07 / 2024-02-23

Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev Ozarbayjonning “FLORA GÜLÜSTAN” korxonasi bosh direktori Mirza Manafov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ozarbayjonning eng yirik gulchilikka ixtisoslashgan korxonalardan biri bo‘lgan “FLORA GÜLÜSTAN” Italiya davlati bilan hamkorlikda gullarning noyob turlarini yetishtirish, yangi navlarni yaratish, gul uchun maxsus o‘g‘itlar, yelim va keramikadan yasalgan tuvaklar ishlab chiqarish hamda gullardan turli xil landshaft dizaynlar tayyorlashga ixtisoslashgan. 

[gallery-16112]

- Namanganda gulchilik ancha rivojlangan ekan, - dedi delegatsiya rahbari Mirza Manafov. - Bu yerdagi Gulchilik markazi, gul bozorlari bizda juda yaxshi taassurotlar qoldirdi. Nasib qilsa, Namanganda o‘tkaziladigan Gullar festivalida ishtirok etamiz. 

Muloqot davomida shahar hokimi mehmonlarga mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Ozarbayjon korxonasi faoliyatini Namanganda ham tashkil etgan holda, iqlimga mos gullarni olib kelish, ko‘paytirish, yangi navlarni yaratish hamda 63-bor o‘tkaziladigan Xalqaro gullar festivalida ishtirok etish taklifini bildirdi. 

Samimiy ruhda o‘tkazilgan muloqotda loyihalar tez fursatda amalga oshirilishi xususida kelishib olindi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA