Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ozarbayjon Armanistonga temir yo‘l orqali yoqilg‘i eksportini boshladi
19:31 / 2025-12-18

Ozarbayjon Armanistonga temir yo‘l orqali neft mahsulotlarini yetkazib bera boshladi. Bu bir necha o‘n yillik tanaffusdan keyingi birinchi eksport bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi tinchlik va iqtisodiy hamkorlik uchun muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Bugun Baku ming tonnadan ortiq AI-95 benzin solingan 22 ta tanker vagonini Armanistonga yo‘lladi. Yuklar Gruziya orqali yetkazildi va bu ishni o‘lkaning bosh neft kompaniyasi - “SOCAR” amalga oshirdi.

Ekspertlar fikricha, bu eksport siyosiy bayonotlardan amaliy natijaga o‘tish bo‘lib, tinchlikning iqtisodiy foydalarini ko‘rsatadi. Hozirda Armanistonga yoqilg‘i importining 60 foizdan ortig‘i Rossiyadan keladi, qolgan qismi esa Eron, Ruminiya, Malta va Turkiya orqali ta’minlanadi.

Rasmiylarga ko‘ra, ochilgan savdo yo‘llari va ishonchli savdo aloqalari Janubiy Kavkazdagi transport va energetika koridorlarini tiklash, shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon va qo‘shni davlatlar o‘rtasida kengroq savdo imkoniyatlarini yaratishi mumkin.

Musulmon Ziyo, O‘zA