Ozarbayjon Armanistonga harbiy asirlarni qaytardi
Ozarbayjon Armanistonga 32 nafar harbiy asirni qaytardi, dedi Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan.
“Armaniston Respublikasining 2020-2023 yillarda asirga olingan o‘ttiz ikki harbiy xizmatchisi hamda joriy yil Qorabog‘da asirga tushgan yana bir askar ikki mamlakat chegarasidan o‘tib, hozir Armaniston hududida turibdi”, - deb yozdi Pashinyan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uning aytishicha, jangchilar avval tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyingina oilasiga qaytadi.