Ozarbayjon 85 mamlakatdan oziq-ovqat importiga cheklov qo‘ydi
"Report.az" sayti xabariga ko‘ra, Ozarbayjon 15 xil kasallik tufayli oziq-ovqat importiga cheklov joriy qilgan.
Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi bo‘lim boshlig‘i, bosh davlat veterinariya inspektori G‘olib Abdulaliyev ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta davomida dunyo bo‘ylab blutang, oqsim (yashur), mayda shoxli mollarda chechak va yuqori patogenli parranda grippi kabi xastaliklar aniqlangan.
- Sloveniya, Bolgariya, Gretsiya, Liviya, Portugaliya, Ispaniya va Norvegiya kabi qator davlatlarda turli kasalliklar qayd etildi, - deyilgan xabarda.