8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi va hududiy filiallarida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir “O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi: mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida bo‘liib, unda Toshkent shahar sudining mas’ul xodimi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Zulxumor Ibrohimova ishtirok etdi. U o‘z ma’ruzasida ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmuni, maqsadi va amaliy ahamiyati keng yoritib berdi. Jumladan,
-shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi yangi huquqiy muvozanat;
-inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi;
-fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan normalar;
-davlat boshqaruvi tizimidagi demokratik yangilanishlar;
-Konstitutsion tamoyillarning amaliy hayotda namoyon bo‘lish mexanizmlari kabi masalalarni batafsil bayon qildi.
Tadbir davomida xodimlar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar, balki yangi Konstitutsiyaning amaliyotda qanday qo‘llanilishi, fuqarolik mas’uliyati va huquqiy madaniyatni yanada oshirish borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar.
Ishtirokchilarning fikricha, ushbu uchrashuv ularning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlab, davlat va jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni yanada chuqurroq anglashga yordam berdi.
Konstitutsiya — huquqiy davlatni barpo etish, adolatli jamiyatni shakllantirish va fuqarolarning haqqoniy manfaatlarini himoya qilishning eng muhim kafolatidir.
“O‘zagrosug‘urta” AJ jamoasi uchun ushbu tadbir Konstitutsiya kuniga munosib ma’naviy-ma’rifiy tuhfaga aylandi.