“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “O‘zagrosug‘urta” AJda “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirda respublika va viloyat rahbar-xodimlari, Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari ishtirok etdi. E’tiborlisi mazkur uchrashuv onlayn tizim orqali barcha viloyatlarga namoyish qilindi.
So‘zga chiqqanlar korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga eng jiddiy putur yetkazadigan illatlardan biri ekanligini, unga qarshi kurash nafaqat davlat organlari balki har bir fuqaro oldidagi muhim vazifa ekanligini ta’kidlashdi.
Aytish kerakki, “O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida ham xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish bo‘yicha muntazam ravishda turli tadbirlar, soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida o‘ndan ortiq seminar va davra suhbatlari tashkil etildi.
“Ochiq eshiklar kuni” xodimlarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, eng muhimi, ularda illatga nisbatan qat’iy toqatsizlik kayfiyatini shakllantirishni maqsad qilgan. Shu bois Toshkent shahar sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari taklif etilib, ular o‘zlarining tajribalarida, yorqin misollar orqali korrupsiyaga qarshi kurash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbir yakunida mavzu doirasida fikr-mulohazalar almashinildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/hUs8oumlBQA?si=nNsBF4fZ2Wih9G2v" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA