Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari Chexiyada malaka oshirdi
15:48 / 2023-05-24

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 15-24 may kunlari Chexiya Respublikasida o‘tkazilgan “Sug‘urta mahsulotlarini sotishni boshqarish” mavzusidagi o‘quv-amaliy kursini muvaffaqiyatli tamomlab, “Chakana savdo segmentida sug‘urta xizmatlarini amalga oshirishda Chexiya sug‘urta kompaniyalarining innovatsion usullari” yo‘nalishida sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Mazkur o‘quv-kursi mashg‘ulotlarini Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti professor-o‘qituvchilari hamda Chexiya Respublikasidagi yetakchi sug‘urta kompaniyalarining malakali mutaxassislari olib bordi.

Shu bilan birga, Chexiya sug‘urta kompaniyalarining amaliyoti va tajribalari bilan yaqindan tanishildi.

O‘tkazilgan o‘quv-amaliy kursida xorijda faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalarining ijobiy taraflari o‘rganildi.

Xulosa o‘rnida, sug‘urta bozori rivojlangan shu kabi xorijiy davlatlarda malaka oshirish bo‘yicha loyihalar mamlakatimizdagi kadrlar salohiyatini yanada oshirishga, ulardagi ilg‘or tajribalarni yurtimizda qo‘llanilishida zamin yaratadi.

O‘zA