Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zagrosug‘urta” AJ xalqaro e’tirof sari yo‘lda
10:36 / 2025-04-21

“O‘zagrosug‘urta” AJ vakillari AQSHning Boston shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli "Risk Live Boston 2025" xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Mazkur tadbir moliyaviy barqarorlik va xatarlarni boshqarish sohasidagi 200 dan ortiq yetakchi mutaxassislarni, jumladan JP Morgan Chase, BlackRock, Deutsche Bank, Mizuho kabi dunyo moliya gigantlari vakillarini bir joyga jamladi.

Tashrif davomida kompaniya vakillari "A.M. Best" agentligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. "A.M. Best" – 1899 yilda AQSHda tashkil etilgan, sug‘urta sohasida faoliyat yurituvchi eng qadimiy va nufuzli xalqaro reyting agentligi hisoblanadi. Ushbu agentlik sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi hamda kreditga layoqatliligini baholashga ixtisoslashgan bo‘lib, uning reytinglari butun dunyo bo‘ylab investorlar va tartibga soluvchi organlar uchun asosiy ishonch mezoni sifatida xizmat qiladi.

Uchrashuv davomida “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan xalqaro reyting olish bo‘yicha bosqichma-bosqich rejalar, kompaniyaning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, xavflarni boshqarish tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligi muhokama qilindi. Shuningdek, AQSH, Yevropa va Osiyo sug‘urta bozorlariga oid tahliliy ma’lumotlar bilan o‘zaro almashinuv masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

"A.M. Best" bilan uchrashuv “O‘zagrosug‘urta” AJning global moliya bozorlariga integratsiyalashuvi va xalqaro imijini mustahkamlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.