Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zagrosug‘urta” AJ: inson omilisiz sug‘urta xizmatlari takomillashmoqda (+video)
19:41 / 2023-04-03

Bugun poytaxtimizdagi milliy matbuot markazida “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan o‘tgan 2022 yilda sohada erishilgan natijalar va joriy yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zagrosug‘urta” AJ rahbariyati va mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha olingan majburiyat hajmi 119 trillion so‘mdan oshadi, bu esa o‘z navbatida o‘tgan yilga nisbatan 42,8 foizga o‘sish demakdir. Shu davr mobaynida mijozlar bilan jami 995 526 dona sug‘urta shartnomalari tuzilgan bo‘lib, shartnomalarning qariyb 92 foizi yoki 914,6 ming donasi mamlakat aholisining sog‘lig‘i va mol-mulki uchun ko‘rsatilgan sug‘urta xizmatlariga to‘g‘ri keladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MRSBwht931A" title="“O‘zagrosug‘urta” AJ: inson omilisiz sug‘urta xizmatlari takomillashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shuningdek, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan zamonaviy to‘lov tizimlaridan foydalangan holda masofadan turib onlayn tarzda sug‘urta polislarini xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish, inson omilisiz xizmat ko‘rsatish borasida istiqbolli rejalar belgilangan bo‘lib, joriy yilning yakuniga qadar barcha ommaviy sug‘urta xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish izchil davom ettiriladi.

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.

O‘.Alimov, D.Yoqubov (video), O‘zA