Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zagrosug‘urta” AJ – 29 yoshda. Yangi sug‘urta turi bilan!
10:15 / 2026-02-26

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-fevraldagi PF–1713-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugun o‘zining 29 yillik faoliyatini nishonlamoqda.

Kompaniya sobiq Davlat sug‘urtasi bosh boshqarmasining huquqiy vorisi sifatida boy tarixiy merosni munosib davom ettirib kelmoqda. Sug‘urtaviy himoya sohasida 100 yildan ortiq tajriba va tarixga ega ekanligimizni faxr bilan ta’kidlaymiz.

Bugungi kunda “O‘zagrosug‘urta” O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi universal kompaniyalardan biri bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga sug‘urta xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etib kelmoqda.

Kompaniya respublikaning barcha hududlarida barqaror faoliyat yuritadi:

•          14 ta hududiy filial

•          182 ta shahar va tuman sug‘urta markazi

•          140 dan ortiq sug‘urta turlari

•          1 000 dan ortiq xodim va sug‘urta agentlari

“O‘zagrosug‘urta” mamlakatda onlayn sug‘urta xizmatlarini joriy etgan dastlabki kompaniyalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda sug‘urta xizmatlarining aksariyati mobil qurilmalar va onlayn platformalar orqali tez, qulay va xavfsiz tarzda taqdim etilmoqda.

Sug‘urta faoliyatini avtomatlashtirish va raqamli transformatsiya kompaniyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish va xavflarni oldindan baholash bo‘yicha ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

“O‘zagrosug‘urta” o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi bilan ajralib turadigan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan ishonchli kompaniya hisoblanadi.

Kompaniya quyidagi xalqaro va milliy reyting hamda sertifikatlarga ega:

•          ISO 9001:2015 – sifat menejmenti tizimi

•          Moody’s Investors Servicye – “Ba3” (ijobiy prognoz)

•          “Ahbor-Reyting” – “UzA++” (barqaror prognoz)

•          Standard and Sensitive Ratings – “Uz AAA” (maksimal, barqaror prognoz)

Faoliyati davomida kompaniya bir qator nufuzli mukofotlar va e’tiroflarga sazovor bo‘lgan:

•          “Yilning eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi”

•          “Qishloq joylarda sug‘urtani ommalashtirish uchun”

•          “O‘zbekiston bo‘ylab eng keng tarmoqqa ega sug‘urta kompaniyasi”

•          “Onlayn sug‘urtani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” va boshqa nominatsiyalar

Ushbu fursatdan foydalanib “O‘zagrosug‘urta” mijozlariga yangi sug‘urta turini taqdim etadi – madaniy va ommaviy-madaniy tadbirlar chiptalaridan foydalana olmaslik xavfini sug‘urtalash.

Ushbu sug‘urta turi madaniy hordiq olish maqsadida xarid qilingan chiptalardan kutilmagan holatlar sababli foydalana olmaslik xavfidan himoya qiladi.

Chipta – bu shunchaki tadbirga kirish emas.

Bu – sizning pulingiz.

Sug‘urta polisi shartlari:

✔️ Chipta xarid qilish vaqtida rasmiylashtiriladi

✔️ Chipta xarajatlarini qisman qoplaydi

✔️ To‘lov 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi

Chipta xarid qiling – sug‘urtani rasmiylashtiring – xotirjamlikni his qiling.

Batafsil ma’lumotni 1186 qisqa raqamlaridan olishingiz mumkin.