1992 yil 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun har yili yurtimizda keng nishonlanadi.
Zero, bugun yurtimiz hayotining barcha jabhalarida qonun ustuvorligi ta’minlanishi, adolat prinsiplarining qaror topishi, xalq ovozining baralla yangrashida – albatta bundan 33 yil avval qabul qilingan Asosiy Qomusimizning o‘rni beqiyos. Ushbu muhim hujjatning insoniylik prinsiplariga, qadr-qimmati, huquqiy kafolatlar va ijtimoiy adolatga asoslangani asosiy poydevor bo‘ldi. O‘tgan vaqt ichida turli sohalarni tartibga soluvchi qator qonunlar, farmonu qarorlar, farmoyishlar va boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ularning hech biri asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiya va undagi moddalarga zid emas.
Agrar soha va Agroinspeksiya faoliyatida Asosiy Qomusimizning tutgan o‘rni va sohaga oid qonunchilik mexanizmlari xususida O‘zagroinspeksiyaning Axborot tahlil, ijro intizomi va ma’muriy amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Boburbek Muxtorov bilan suhbatlashdik.
- Konstitutsiyamizda Agroinspeksiya faoliyatini tartibga soluvchi qanday moddalar mavjud?
- Barchamizga ma’lumki, Konstitutsiyamizning 11-moddasida hokimiyatlarning bo‘linish prinsiplari keltirib o‘tilgan. Ya’ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati. Shundan bevosita O‘zagroinspeksiya ham ijro etuvchi hokimiyat tarkibiga kiradi. Qolaversa, nafaqat Bosh Qomusimiz, balki qonunlar, qonunosti hujjatlarga tayangan holda o‘z ish faoliyatini tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4241-son qaroriga asosan O‘zagroinspeksiya tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 575-sonli qaroriga asosan Nizom ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra vazifalari, funksiyalari belgilab berilgan.
- O‘zagroinspeksiyaning faoliyati qaysi vazifalarni o‘z ichiga oladi?
- Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishi, paxta xomashyosi, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanish, melioratsiya, yo‘l qurilish texnikasining ekspluatatsiyasi, sohada agrotexnologiyalarning amalga oshirilishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish vazifalari belgilangan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ki1CnNLzM7w" title="O‘zagroinspeksiya faoliyatida Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov,
Iskandar Ismatov (video), O‘zA