Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zagroinspeksiya bo‘ysunuvi Qishloq xo‘jaligi vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkaziladi
13:15 / 2024-10-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bo‘ysunuvi Qishloq xo‘jaligi vazirligidan uning faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Vazirlar Mahkamasiga o‘tkaziladi. 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga: 

bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish; 

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tijorat vakili tomonidan bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bug‘doyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bug‘doy sinflari (sifat sertifikati) bo‘yicha sertifikatlashni nazorat qilish; 

import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik va ko‘chat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash; 

idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan o‘tkazish ustidan nazoratni amalga oshirish; 

sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish kabi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi. 

Farmon bilan: 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari; 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. 

O‘zagroinspeksiya agrosanoat majmuida davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

O‘zA