Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA xodimlaridan bir guruhi «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi
14:23 / 2021-08-29

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami shukuhi kezib yuribdi. Xalqimiz ushbu buyuk va shonli sanani katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Yurtimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, erishilgan yuksak natijalarda turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning hissasi borligini ta’kidlash joiz. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”ga farmoniga binoan ana shunday fidoyi yurtdoshlarimiz taqdirlanmoqda.

Bayramoldi davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari va boshqa respublika idoralarida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoniga munosib ko‘rilganlar tantanali taqdirlanmoqda.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA xodimlaridan bir guruhi ham ushbu esdalik nishoni bilan mukofotlandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan taqdirlash tadbirida agentlik rahbariyati, ijodiy xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda oxirgi yillarda so‘z erkinligiga e’tibor kuchaygani, jamiyatdagi erishilayotgan yutuqlar, kuzatilayotgan kamchiliklarni boricha jamoatchilikka yetkazishda jurnalistlar faolligi sezilarli ortgani ta’kidlandi.

[gallery-3650]

O‘zA