English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA Xitoyning Yangiliklar agentligi hamkorlari qatorida
03:25 / 2025-06-24

Xitoyda Sinxua va Xitoy Yangiliklar agentligi – CNS mamlakat hamda dunyo davlatlaridagi foydalanuvchilariga xizmat qiladi.

CNS agentligining bosh ofisi Pekinda joylashgan. Agentlikning Xitoyda 31 ta va xorijda 21 ta filiali mavjud. Uchta asosiy yangiliklar tarqatish markazi Pekin, Gonkong va Nyu-Yorkda joylashgan bo‘lib, kuniga 24 soat, yiliga 365 kun ishlaydi. Uning Shinjon filiali barcha turdagi yangiliklar, jumladan, maqola, foto, video, maxsus sahifalarni tayyorlaydi. Filial har kuni o‘rtacha 20 dan ortiq xabarlar sahifasini nashr etadi.

Ayni paytda Shinjon bo‘limi Markaziy Osiyo, G‘arbiy Osiyo va Janubiy Osiyo bo‘yicha xalqaro aloqa olib borish vazifasini bajarib, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning yirik ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

So‘nggi yillarda Shinjon bo‘limi  Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiyaning hamkor ommaviy axborot vositalarida Shinjon haqida maxsus sahifalar chiqardi.2025 yildan boshlab esa bular qatoriga O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi – O‘zA ham qo‘shildi.  

–O‘zA direktori Abdusaid  Ko‘chimov bilan muloqotimiz hamkorligimizga asos bo‘ldi, – deydi Xitoy Yangiliklar agentligi Shinjon filiali direktori Li Dexua.

CNS hamkorlari  ro‘yxatiga O‘zA logotipini o‘rnatish marosimi tantanali ravishda o‘tdi. Unda Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlaridan 21 ta ommaviy axborot vositasi vakillari ham ishtirok etdi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA