O‘zA xabarlari “O‘mon sadolari”da
O‘mon Sultonligining “Asdaaoman” nashri O‘zbekiston milliy axborot agentligi sahifalarida uzatilgan eng sara yangilik va xabarlarni arab tilida muntazam yoritib boradi.
Nashr ta’kidlashicha, shu hafta davomida O‘zA minbarlarida chiqqan "O‘zbekiston – Bahrayn munosabatlari izchil rivojlanmoqda”, “Iordaniya va O‘zbekiston savdo imtiyozi to‘g‘risidagi bitimni imzolashga kelishib oldi”, “O‘zbekistonda yana ikki oliy ta’lim dargohi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda”, “O‘zbekiston va Fransiya yadro sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda” kabi qator maqolalar o‘monlik o‘quvchilarda alohida qiziqish uyg‘otgan.
M.Pirmatova, O‘zA