French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA tanqididan so‘ng: ikki yillik muammo bir kunda hal bo‘ldi
17:38 / 2023-04-11

Kuni kecha saytimizda “Qashqadaryolik mas’ullar qayerga qarayapti?” sarlavhasi ostida Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan “Alisher Navoiy” mahallasi “Xalqlar do‘stligi” ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr liniyalariga ko‘cha bo‘ylab ekilgan daraxt shoxlari tegib qolgani, ikki yildirki, ushbu ko‘chada joylashgan xonadonlar egalari yuragini hovuchlab yashayotgani haqida tanqidiy xabar berilgan edi.

Murojaatchilarning ta’kidlashicha, tanqiddan so‘ng bugun Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasidan ishchi guruh kelib, holatni o‘rganib, muammo bartaraf etilgan. Yuqori kuchlanishli simlar orasidan o‘sib chirmashib ketgan daraxt shoxlari kesilib, xavfsiz holga keltirgan.  

Tanqidga tezkorlik bilan munosabat bildirib, muammoni bartaraf etgani uchun Qarshi shahar elektr tarmoqlari korxonasiga minnatdorchilik bildiramiz. Endi ushbu ko‘chadagi aholi shamol va yomg‘irli tabiat injiqliklaridan cho‘chimay yashaydi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA