English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA paviloniga tashrif buyurgan ilk ishtirokchi milliyligimizni yuqori baholadi
00:28 / 2022-11-16

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA Abu-Dabida o‘tayotgan ixtisoslashgan ko‘rgazmada ishtirok etmoqda.

Bugun boshlangan “Jahon media kongressi”da agentligimiz uchun alohida joy ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston namoyish etilayotgan maydonchamizga xorijiy davlatlar va tashkilotlar vakillari tinimsiz tashrif buyurmoqda.

O‘zA paviloniga kelgan ilk ishtirokchi – “Langpros” tarjimonlar kompaniyasi vakili Marilu Miro yurtimiz nafasi ufurib turgan, milliyligimiz aks etgan hududni ko‘rib, hayratini yashira olmadi. Unda, beixtiyor,  O‘zbekistonga borish istagi paydo bo‘ldi va bu niyatini keyingi yiliyoq amalga oshirishini ma’lum qildi.

<iframe width="713" height="401" src="https://www.youtube.com/embed/mCUXSNyAa0Y" title="O‘zA paviloniga tashrif buyurgan ilk ishtirokchi milliyligimizni yuqori baholadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

B.Xudoyberdiyev,

N.Mardonov (video),

O‘zA

BAA Abu-Dabi shahri