Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zA muxbiri xabar qiladi: Buyuk Britaniyalik fotograf Afg‘onistonga juda yaqin joyda yodgorliklarni suratga olmoqda (+Video)
11:40 / 2021-08-16

Surxondaryo viloyatida xotirjam hayot davom etmoqda. Odatdagidek erta tongdan barcha o‘z yumushi bilan band.

Qo‘shni davlatda sodir bo‘layotgan siyosiy-harbiy voqealar sababli mamlakatimizning janubdagi sarhadlari quruqlik, suv va havo orqali ishonchli himoya qilinmoqda.

Afg‘onistonda yuz bergan siyosiy-harbiy vaziyatning viloyatda umuman ta’siri sezilgani yo‘q. Biz Amudaryo sohilidagi Fayoztepa arxeologik yodgorligida bo‘lganimizda Buyuk Britaniyaning “Bradt Travel Guides” sayohlik qo‘llanmalari ishlab chiqaradigan nashriyot suratkashi Djulian Elliot bilan uchrashib qoldik va mehmonning Surxondaryo haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

– Surxondaryo viloyatidagi Fayoztepa buddizmga oid qadimiy yodgorlik. Bu yer o‘tmishda buddistlar makoni bo‘lgan. Bu yurtda barcha musulmon diniga itoaat etsa-da, buddistlarga oid noyob yodgorlik o‘z holicha saqlanib qolganidan juda xursand bo‘ldim. Biz Afg‘onistonga juda yaqin turib, xavf-xatarsiz dron uchirib, bemalol har xil qiziqarli suratlar oldik. Umuman olganda bu yerda hayot osoyishta davom etmoqda.

<iframe width="1440" height="757" src="https://www.youtube.com/embed/QF_5oRMhNmQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA