Polvonlarimiz kechagi bellashuvlarda 4 ta oltin, 1 kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida milliy qadriyatimizning bir bo‘lagi hisoblangan kurash bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
O‘z tarixida XI marotaba o‘tkazilayotgan va Osiyoning 26 davlati kurashchilari ishtirok etayotgan qit’a chempionatining ilk kuni 7 ta (4 ta erkaklar, 3 ta ayollar) vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Quvonarlisi, kechagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik kurashchilar 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Tojikiston zaminida to‘rt bor O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi va bayrog‘imiz sarbaland ko‘tarildi.
G‘olib va sovrindorlar:
AYOLLAR
-52 kg vazn toifasi
1. Hilola Ortiqboyeva (O‘zbekiston);
2. Chia-Ven Tsou (Xitoy Taypeyi);
3. Dita Amanda (Indoneziya);
3. Xudabaxsh Azarpeyvand (Eron).
-70 kg vazn toifasi
1. Shahnoza Bozorova (O‘zbekiston);
2. Van-Ting Li (Xitoy Taypeyi);
3. Meyerim Mo‘minova (Qirg‘iziston);
3. Gasem Agayi (Eron).
-87 kg vazn toifasi
1. Xsiyen-Tzu Yang (Xitoy Taypeyi);
2. Heshmatolah Bageri (Eron);
3. Mavluda Aslamova (Tojikiston);
3. Yulduz Muhammadiyeva (O‘zbekiston).
ERKAKLAR
-66 kg vazn toifasi
1. Artyom Shturbabin (O‘zbekiston);
2. Valimorad Nourizadex (Eron);
3. Byambasuren Ulzibayar (Mo‘g‘uliston);
3. Xao-Cheng Chan (Xitoy Taypeyi).
-81 kg vazn toifasi
1. Umid Esonov (O‘zbekiston);
2. Ismoil Taztak (Eron);
3. Umar Rasulov (Tojikiston);
3. Kuan Minx Bui (Vetnam).
-90 kg vazn toifasi
1. Baratali Gavibazu (Eron);
2. Haqnazar Nazarov (Tojikiston);
3. Jonibek Qozoqov (O‘zbekiston);
3. Chingizxan Medetov (Qozog‘iston).
+100 kg vazn toifasi
1. Qurbonaliyev (Tojikiston);
2. Shohruh Usmonov (O‘zbekiston);
3. Kunatip Yea-On (Tailand);
3. Chiyen-Xung Chen (Xitoy Taypeyi).
Bugun 8 ta vazn toifasidagi g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
[gallery-6237]
Muhammad AMIN (surat),O‘zA