O‘zA maqolasi xorij matbuotida
Misrning “Muvatin” (Fuqaro) nashri dastlab O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sahifasida chiqqan iroqlik yozuvchi va tilshunos Said Jasim Az-Zubaydiyning maqolasiga munosabat bildirdi. Aniqrog‘i, ulug‘ shoirlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan yozilgan she’r va e’tirof haqidagi “Jahon adabiyotining yetuk siymolariga ehtirom” sarlavhali maqola arab tiliga tarjima qilinib, ko‘chirib bosildi.
Az-Zubaydiy o‘z she’rida tinchliksevar davlat sifatida xalqaro maydonda oshkora, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat olib borayotgan O‘zbekistonda demokratik, siyosiy va huquqiy islohot jadal kechayotgani, mamlakatimiz yuksak maqsad sari g‘oyat qat’iyat bilan olg‘a odimlayotganiga urg‘u bergan. Imom Al-Buxoriyning boy ilmiy merosini puxta o‘rganish, keng targ‘ib qilish va hayotga tatbiq etish, shuningdek Navoiy va Bobur ilmiy-ijodiy faoliyati, ul zotlarning hayoti, axloq-odobi, yuksak insoniy fazilatini avlodlar uchun ibrat, namuna qilib ko‘rsatish zarurligi ta’kidlangan.