SHHT sammiti Qozog‘iston OAV e’tibori markazida
OLMA-OTA. Qozog‘istonning «almalife.kz» nashrida “Samarqand xalqaro diplomatiya xabiga aylanmoqda” hamda “15-16 sentyabr kunlari SHHT ning Samarqand sammiti boshlanadi” sarlavhali maqolalari chop etildi.
Maqolalarda ta’kidlanganidek, SHHT ning bo‘lajak Samarqand sammitida mamlakatlar rahbarlari so‘nggi uch yilda ilk bor yuzma-yuz formatda uchrashadilar. Bu pandemiya davrida yig‘ilib qolgan ikki tomonlama, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qilish uchun samarali imkoniyat bo‘ladi.
“Xususan, Samarqand sammitida Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandumning imzolanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Misr, Qatar va Saudiya Arabistoni bilan muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish Memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan. Bahrayn va Maldiv orollari bilan hamkorlik maqomlarini olish arizalarini tasdiqlash ko‘zda tutilgan”.
«Almalife.kz» nashrida Samarqand sammiti tashkilot tarixining uchinchi o‘n yillligi bosqichida o‘tkazilayotgani bilan ham ahamiyatli ekani ta’kidlanadi.
“O‘zbekiston SHHT ta’sischilaridan biri sifatida, Tashkilotning ushbu tarixiy davr ichida nufuzli tashkilotga aylangani bilan farxlanishi mumkin”, - deyiladi maqolada.
O‘zA